» » Agent sabab Matteys de Ligtning “Barselona”ga o‘tishi kechiktirilmoqda

Agent sabab Matteys de Ligtning “Barselona”ga o‘tishi kechiktirilmoqda


“Ayaks” sardori Matteys de Ligtning “Barselona”ga o‘tishi kechiktirilmoqda.

Marca’ning xabar berishicha, bu futbolchining agenti Mino Rayolaga bog‘liq masala bo‘lib turibdi.

Rayola agentlik vazifasini bajarayotgani uchun transfer pulining 20 foizi, taxminan, 14 million yevro miqdorida komission to‘lov talab qilmoqda. Odatda komission to‘lov 5-10 foizni tashkil etadi.

“Ayaks” esa futbolchi uchun to‘lanadigan tovon pulidan bu darajada katta ulush ajratishni ismayapti. Amsterdamliklar “Barselona” bilan 70 million yevrolik kelishuvga erishgan. Kataloniyaliklar ham qo‘shimcha xarajatlarga tushishni xohlamayapti.

Rayola futbolchi uchun boshqa klublarda katta mablag‘ to‘laydigan va o‘zining talablarini qondira oladigan takliflar tushadi deb hisoblamoqda. Amsterdam klubi esa tezroq bir qarorga kelishni xohlamoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют