» » Samarqanddagi bolalar oromgohi mavsumga tayyor emasligi ma’lum bo‘ldi

Samarqanddagi bolalar oromgohi mavsumga tayyor emasligi ma’lum bo‘ldi


“ZarNews.uz” saytida Samarqand tumanida joylashgan bolalar oromgohi mavsumga tayyor emasligi haqida maqola e’lon qilindi. Quyida maqola bilan to‘liq tanishish mumkin.

Bu yilgi yoz mavsumida Samarqand viloyatidagi dam olish oromgohlarida 21 ming 130 nafar bolani sog‘lomlashtirish rejalashtirilgan. Shundan 23 ta doimiy oromgohga 9 ming 630 nafar va 58 ta kunduzgi oromgohga 11 ming 500 nafar bolajonlar jalb qilinadi. Ammo mavsum boshlanishiga oz muddat qolgan bo‘lsa-da, ayrim oromgohlarning mutasaddilari bolalar uchun shart-sharoit yaratish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan.

Samarqand tumanidagi Ohalik mahallasida joylashgan “Sitora” oromgohida bunga guvoh bo‘lindi. Tuman hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur oromgoh “LUXURY TOHR” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli. Biroq muassasa rahbari Shavkat Sohibov oromgoh tuman hokimligi tasarrufida ekanini aytdi. Cho‘pon ko‘paysa, qo‘ylar qarovsiz qoladi, deganlaridek, oromgoh ham ikki tomonning umidida e’tiborsiz qolgan.

Oromgohda mavsumga tayyorgarlik yo‘q. Hamma joy suvsizlikdan qaqrab yotibdi. 280 o‘ringa mo‘ljallangan 3 ta binodan iborat muassasa yotoqxonasini po‘panak bosib ketgan, karovat va shkaflar avariya holatda. Butunlari ham ag‘dar-to‘ntar bo‘lib yotibdi. Ichki yuvinish xonalari mutlaqo yaroqsiz, jo‘mraklar yo‘q, borlari ham ishlamaydi.

Oromgohning boshqa yotoq binolari va oshxonasi bundan ham achinarli holda shekilli, majmua rahbari “U xonalarning kaliti menda yo‘q”, deb qo‘ya qoldi. Maskandagi kutubxona va tibbiyot xonasi ham talab darajasida emas. Hovlidagi qo‘l yuvish uchun mo‘ljallangan uskunalar sinib, shu darajada xunuk holatga kelganki, unda bolajonlarning yuz-qo‘l yuvishini tasavvur qilish mushkul. Hojatxona juda abgor, yaqinlashishning iloji yo‘q. Bolalarning undan foydalanishini esa tasavvur qilish qiyin.

Muassasa hududining yon qismida zamonaviy usulda qurilgan katta va kichik suzish havzalari chiqindilardan tozalanmagan. Havza yonida yuvinish xonasi (dush) tashkil qilinmagan va kiyim almashtirish xonasining eshiklari ham sinib, tashlandiq holga kelgan. Sport maydonchasida begona o‘tlarning ko‘pligidan u yerda mashg‘ulot olib borishning iloji yo‘q. Oromgohda tungi yoritish chiroqlari ham yetarli emas.

Oromgoh hovlisida 8—10 kishidan iborat chet ellik va mahalliy “mehmon”lar ziyofat qilayotgan edi.

“Siz ko‘rgan kamchiliklarni 20 mayga qadar bartaraf etamiz. Qurilish va obodonlashtirish ishlarini rejalashtirib qo‘yganmiz. Bu odamlar esa bizning chet ellik hamkorlarimiz, ular bilan oromgohni obod qilish haqida suhbatlashyapmiz”, – dedi Shavkat Sohibov.

Tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli “Uchqun” oromgohi Mironqul tog‘yonbag‘rida joylashgan. Mazkur oromgohda “Sitora”dagi kamchiliklar ko‘zga  tashlanmadi. Kirish darvozasi oldiga har xil gullar ekilgan, muassasa binolarida ham ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ammo aksariyat jihozlar eskirgan.

Mavsum davomida 450 nafar bolajonlarni qamrab olish rejalashtirilgan oromgohda 3 ta yotoqxona binosi mavjud. Majmuada bolalar uchun kichik amfiteatr tashkil etilgan. Kutubxona, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, kompyuterxona mavsumga tayyorlangan. Sport maydonchalari va suzish havzasida obodonlashtirish ishlari olib borilyapti. Biroq belgilangan xonalarda kompyuter va kerakli kitoblar jamlanmasi uchramadi. Shuningdek, yo‘laklar begona o‘tlardan tozalanmagan, tibbiyot xonasiga e’tibor qaratilmagan.

Oromgoh rahbari Qahramon Mardiyev barcha kamchilik va muammolarni bartaraf etib, mavsum boshlangunga qadar muassasa shay holatga kelishini aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют