» » Toshkentdagi Damashi kanalining bir kilometrdan ortiq qirg‘og‘i saylgohga aylantirildi

Toshkentdagi Damashi kanalining bir kilometrdan ortiq qirg‘og‘i saylgohga aylantirildi


Toshkentdagi tashlandiq holga kelib qolgan Damashi kanalining 1 100 metr qirg‘oqbo‘yi Bosh prokuratura tashabbusi bilan saylgohga aylantirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasidan Taraqqiyot ko‘chasigacha bo‘lgan masofada joylashgan saylgoh sakkiz qismdan iborat. Unda favvoralar, restoran, amfiteatr, bolalar o‘yingohlari, Luvr, Eyfel, Piza minorasi kabi jahon osori-atiqalari maketlari qurilib, foydalanishga topshirildi.

“Ancha yillardan buyon bu yerlar xaroba bo‘lib yotardi. Bolalarimizni bog‘chaga olib borishga, katta ko‘chaga chiqishga noqulay edi. Bu joylar obod qilinganidan xursandmiz. Bolalar o‘yingohlaridagi attraksionlar narxi ham ma’qul”, — deydi saylgoh yaqinida yashovchi Muqaddas Mirzayeva.

Tadbirkor Ilhomjon Rahimovning ta’kidlashicha, imtiyozli 800 million so‘m kredit mablag‘lari evaziga yoshlarni tadbirkorlikka o‘rgatish bo‘yicha “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazi tashkil etgan. Tikuv sexi, mavsumiy oshxonaning ishga tushishi tufayli 260 nafar yosh ishli bo‘lgan.

Saylgohda aholiga qulaylik yaratish maqsadida valyuta ayirboshlash va to‘lovlarni amalga oshirish uchun bank shoxobchasi joylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют