» » Narxi past krossovkalarning sifati ham past emasmi?

Narxi past krossovkalarning sifati ham past emasmi?


So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi ommabop sahifalarda berilayotgan turli kiyim do‘konlarining reklamalarida kiyimlar, xususan, poyabzallarning arzonligiga urg‘u berish holatlari ko‘paymoqda. Xaridor uchun mahsulot narxining pastligi ayni muddao, ammo mahsulotning sifati ham uning narxiga monand ravishda past bo‘lishi, iste’molchi salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

“O‘zstandart” agentligi vakili Otabek Umarovning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, kiyim do‘konlari tomonidan past narxda taklif qilinayotgan kiyim va poyabzallar sifatli bo‘lishi mumkin, agentlik bu mahsulotlarning sifatini faqat xaridorlar murojaati asosidagina tekshirishi mumkin.

“Bunga turlicha yondashish mumkin. Masalan, arzon poyabzallar marketing strategiyasi asosida sotilayotgan bo‘lishi mumkin. Bunda arzon ko‘rsatilgan kiyimning foydasi boshqa kiyimning narxiga qo‘yiladi. Bundan tashqari, arzon xomashyodan va tejamkor ishlab chiqarish texnikalaridan foydalanib, tannarxni tushirishi amaliyoti ham mavjud”, — deydi “O‘zstandart” agentligi xodimi Otabek Umarov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida inson hayoti xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha monitoring tartibi ishlab chiqilgan. Ushbu tartib bo‘yicha, davlat nazorati, inspeksion nazorat, maxsus sertifikatlashtirishda inspeksion nazorat hamda iste’molchilar va xaridorlardan kelib tushgan shikoyatlar asosida nazorat xaridi olib borlishi mumkin.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan sertifikatlashtirish shart bo‘lgan mahsulolar ro‘yxati ham tasdiqlangan. Unga muvofiq, faqat bolalar kiyimlari majburiy sertifikatlashtirish jarayonidan o‘tkaziladi. “Soddaroq qilib aytganda, arzon mahsulot sotayotgan tadbirkorlik subyektlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tekshirish vakolatimiz yo‘q. Bunda faqatgina iste’molchidan tushgan shikoyat asosida mahsulotni laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazib, sifatiga baho berish mumkin”, — dedi “O‘zstandart” vakili.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi xodimi Shuhrat Aliyevning ta’kidlashicha, belgilangan normalarga ko‘ra har qanday charm poyabzalga, narxidan qat’iy nazar, ishlab chiqaruvchi tomonidan olti oygacha kafolat berilishi lozim. Bu muddat ichida mahsulot sifati buziladigan bo‘lsa, iste’molchi mahsulotni sotuvchiga olib borishi va kelishuv asosida qayta ta’mirlatish yoki pulni qaytarib olishga haqli.

“Shuni yodda tutish lozimki, olti oylik muddatda oyoq kiyim tabiiy sharoitda saqlangan yoki foydalanilgan bo‘lishi shart. Ya’ni, notabiy holatlarda foydalanish oqibatida yetgan zararlarni qoplash bundan mustasno”, — dedi Aliyev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют