» » AQShda Gollivud rejissorini oldirishda gumon qilingan shaxs hibsga olindi. Uni 34 yil izlashgan

AQShda Gollivud rejissorini oldirishda gumon qilingan shaxs hibsga olindi. Uni 34 yil izlashgan


Garoyib Xalk va Mojiza-ayol seriallarini suratga olish jarayonida qatnashgan rejissor Berri Kreyn 1985-yil 5-iyul kuni Los-Anjelesdagi oz uyida oldirib ketilgan edi. Kreynning uy xizmatchisi uni uyning garajidan, bogib oldirilgan holda topgan. U nima uchun oldirilgani hamon nomalum, deb yozadi Meduza. Politsiya malumotiga kora, uydan rejissorning avtomobili olib qochilgan.

Kreynning olimidan song oradan 30-yildan koproq vaqt otib, AQSh Federal tergov byurosi (FTB) agentlari uni oldirishda gumon qilingan shaxsni topdi. 9-may kuni Shimoliy Karolinada 52 yoshli mahalliy fuqaro Edvin Xiett qolga olingan, deya xabar bermoqda The New York Times. Uni ozi ishlaydigan tamirlash ustaxonasida ushlashgan. Politsiyadan malum qilishlaricha, yaqin bir necha kun ichida gumonlanuvchini Shimoliy Karolinadan Los-Anjelesga kochirish kutilmoqda.

FTB agentlari gumonlanuvchini DNK namunalari tahlili yordamida topgan. Ekspertlar 2018-yili Berri Kreynning avtomobilidan topilgan barmoq izlarini Edvin Xiettniki bilan qiyoslab korgan. Qotillik bilan aloqadorlikni tasdiqlash uchun tergov ishtirokchilari Xiett tashlab yuborgan bir necha tamaki qoldigi va u tegingan bir martalik qahva idishini uning oziga bildirmay olgan.

2019-yil martida Xiettning uyiga politsiyachilar kelgan Los-Anjeles politsiyasidan malum qilishlaricha, suhbat davomida u qotillik qilganini tan olgan. 9-may kuni, uni qamoqqa olib ketishayotganida esa Xiett jurnalistlarga ehtimol rejissorni oldirgan bolishi mumkinligini, osha vaqtda giyohvand moddalar qabul qilganini aytgan. Lekin u hujum qilish jarayonini eslay olmagan, Kreynni ham suratidan taniy olmagan. 1985-yilda Xiett 18 yoshda bolgan.

Rejissor, ssenariynavis va prodyuser Berri Kreyn kino va televideniyedagi faoliyatidan tashqari AQShda professional bridj (qarta oyini turi) oyinchisi sifatida ham tanilgan edi. U mazkur oyin boyicha 13 bor AQSh chempioni bolgan, bridjdagi eng yaxshi oyinchilar reytingi esa uning nomi bilan ataladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (11-05-2019, 20:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 3) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -