» » Superliga. “Paxtakor” ikkita to‘p farqi bilan oldinda borib, “Navbahor”ni yuta olmadi

Superliga. “Paxtakor” ikkita to‘p farqi bilan oldinda borib, “Navbahor”ni yuta olmadi


11-may, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 8-turining markaziy uchrashuvida musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘z maydonida Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv davomida “sherlar” yarim himoyachisi Dragan Cheranning dubliga (20, 53, penalti) namanganliklar yarim himoyachilar Oston O‘runov (59) hamda Abdujamol Isroilovning (82) goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa toshkentliklar o‘z maydonida kechgan bahsda “Navbahor” bilan durang o‘ynadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi (2:2).

Ushbu o‘yin yakuniga ko‘ra, “Paxtakor” 20 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yetakchilik qilmoqda. “Navbahor” hisobida esa 12 ochko mavjud va jamoa 3-o‘rinda bormoqda.

Superliga

8-tur bahsi

11-may, shanba

Gollar: 1:0 — 20 Dragan Cheran, 2:0 — 53, penalti, Dragan Cheran, 2:1 — 59 Oston O‘runov, 2:2 — 82 Abdujamol Isroilov

“Paxtakor”: Sanjar Quvvatov, Farruh Sayfiyev, Yegor Krimets, Marko Simich, Xojiakbar Alijonov, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Dostonbek Hamdamov, Marat Bikmayev (Igor Sergeyev, 75)

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Slavko Lukich (Obid Jo‘raboyev, 43) (Shahzod Shaymanov, 90+2), Igor Golban, Jahongir Mehmonov (s), Mirzohid G‘ofurov, Oston O‘runov, Azimjon Ahmedov, Abdujamol Isroilov, Ivan Solovyov, Abbos G‘ulomov (Aziz Ibragimov, 78), Aleksandr Kasyan

Ogohlantirishlar: Slavko Lukich (29), Aleksandr Kasyan (36), Abdujamol Isroilov (45), Ivan Solovyov (49), Yegor Krimets (61), Farruh Sayfiyev (68), O‘tkir Yusupov (90+3).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют