» » Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-may kuni davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonun imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali xabar berildi.

Qonunga muvofiq, davlat-xususiy sheriklik bu davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi hisoblanadi. Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi davlat-xususiy sheriklik sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi.

Qonun bilan davlat-xususiy sheriklik taraflarining huquq va majburiyatlari belgilab berildi. Davlat-xususiy sheriklik loyihasi davlat organi (tashkiloti) va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor yoxud yuridik shaxs tomonidan tashabbus qilinishi mumkin. Davlat sherigi tender yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijalari bo‘yicha aniqlanadigan xususiy sherik bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzadi. Tender mezonlari aniq bo‘lishi va unda kamsituvchi qoidalar bo‘lmasligi kerak.

Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning amal qilish muddati uch yildan kam bo‘lmasligi va qirq to‘qqiz yildan oshmasligi kerak. Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimning taraflari o‘z majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgar bo‘ladi.

Agar keyingi qonun hujjatlari davlat-xususiy sheriklik ob’ektiga investitsiya kiritish shartlarini yomonlashtirsa, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tuzilgan sanadan e’tiboran o‘n yil mobaynida xususiy sherikka nisbatan bitimni tuzish sanasida amalda bo‘lgan qonun hujjatlari qo‘llaniladi.

Ushbu qonun 10-iyundan kuchga kiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют