» » Sakkiz ming butparastni musulmon qilgan Abdulxoliq Gijduvoniy haqida

Sakkiz ming butparastni musulmon qilgan Abdulxoliq Gijduvoniy haqida


Sakkiz ming butparastni musulmon qilgan zot haqidagi rivoyat Azon.uz elon qilindi.Quyida ushbu rivoyat tolaligichaetiboringizga havola etiladi.

Hazrati Xoja Abdulxoliq 1103 yil Gijduvonda tugilib, 1179 (ayrim manbalarda 1220) yil marhum bolgan. Qabri Gijduvon shahrida.

Avliyolar sultoni, qutbi zamon, olimi Rabboniy, buyuk tarbiyachi Abdulxoliq Gijduvoniy xojagon tariqatining asoschisi, Silsilai sharifdagi oninchi xalqaning piri murshidi hisoblanadi.

Abdulxoliqning otalari Imom Abduljamil katta olim va orif kishi bolgan. Imom Abduljamil asli Rum (hozirgi Turkiya)lik bolib, Imom Molik (713-795) avlodidan. Abdulxoliqning onalari esa podshoh qizi bolgan. Rivoyatlarda, Xizr alayhissalom tavsiyalariga muvofiq Imom Abduljamil Gijduvonga keladi va hazrat Abdulxoliq Gijduvonda tugiladi.

Abdulxoliq Gijduvoniy haqlarida Xoja Orif Revgariy, Jomiy, Navoiy, Ali Safiy, Nosiriddin Tora, Maxdumi Azam, Muhammad Boqir va boshqa alloma, avliyolar oz kitoblarida malumot berishgan.

Hazrat Abdulxoliq, Yusuf Hamadoniy, Imom Sadriddin, Niyoz Xorazmiy (Boboyi Laqlaqagi)lardan talim olgan.

Abdulxoliq Gijduvoniy Buxoroda zamonasining mashhur allomasi Imom Sadriddindan tafsir ilmini mukammal organadi.

Abdulxoliq Gijduvoniyni ustozi Hazrat Boboyi Laqlaqagi - Xoja Niyoz Xorazmiyning qabrlari Romitan tumanidagi Laqlaqa qishlogidadir.

Yigirma ikki yoshlarida Buxoroi sharifda tasavvuf olamida mashhur shayx Xoja Yusuf Hamadoniyga uchrashib, tasavvuf talimotini egallaydi. Abdullo Barqiy, Hasan Andoqiy, Ahmad Yassaviy, Abdulxoliq Gijduvoniy Yusuf Hamadoniyning eng yetuk shogirdlaridan sanaladi. Yusuf Hamadoniy Buxoro shahrining (Xoja Nurobod kochasi) Korxona guzarida yashagan va Barqiy, Andoqiy, Yassaviy va Abdulxoliq Gijduvoniy kabi shogirdlariga talim bergan. Bu tabarruk makonda hozir Yusuf Hamadoniyning ramziy qabrlari bor. Abdulxoliq Gijduvoniy ozlarining Maqomoti Yusuf Hamadoniy nomli asarlarida ustozlari Shayx Yusuf Hamadoniyning surat va siyratlari, gozal axloqlari, yurish-turishlari, ibodati, hayot faoliyati va shogirdlariga munosabatlari xususida atroflicha malumot beradilar. Mazkur asarda Abdulxoliq Gijduvoniy oz ustozlari Yusuf Hamadoniyga shunday tarif beradilar: Shayximiz piyoda ottiz ikki marta haj qilgan, hafs qiroati bilan ming marta Quronni xatm etgan edilar. Tafsir, hadis, fiqh, usul, furu va kalomga doir yetti yuzta kitobni yod olgan, ikki yuz on uch nafar mashoyix bilan suhbat tutganlar. Kop vaqt rozador bolardilar. Sakkiz ming butparastni musulmon qilishga muvaffaq bolgan, tavba qildirib, togri yolga solgan kishilarning sanogini hech kim bilmasdi.

Abdulxoliq Gijduvoniyning yozishlaricha, Hazrat Yusuf Hamadoniy etikdozlik va dehqonchilik bilan shugullangan, Haq taolo nima bersa, kambagal, yetim-yesir, bemor va serfarzand, muhtoj, yoqsil oilalarga tarqatar ekan.

Xoja Abdulxoliq Gijduvoniy Maqomati Yusuf Hamadoniy nomli risolalarida oz pirlarining suluk(Xudoga muqarrab bolish yoli) haqidagi quyidagi pand-nasihatlarini keltiradi: Ey Abdulxoliq! Bilingki, Haq yolining yolchiligi, yani suluk ikki qismdir: suluki zohir va suluki botin. Birinchisi, suluki zohir bolib, u har holu korda ilohiy amr va taqiqlarga rioyat etish, imkon doirasida diniy mezonlarni saqlash va nafs orzularidan qochishdir. Oz azolarini havoyu nafsdan saqlab, shariat hududida muhofaza qilishdir. Ikkinchi qism bolgan suluki botin esa qalbni poklashga harakat qilish va nafsoniy yomon sifatlarni yoqotish uchun gayrat sarflashdir. Botiniy tahorat qalbning Haq zikri bilan goyo bolishligi uchun zikrda behad jiddu jahd qilish. "Bu zikr talqini dastlab hazrat Abu Bakr roziyallohu anhuning qalbiga, undan Salmon Forsiy roziyallohu anhuga, undan Jafari Sodiq hazratlariga, undan Sulton Boyazid (Bastomiy), undan Shayx Abul Hasan Haraqoniy, undan buyuk shayx Abu Ali Formadiy Tusiy barchalaridan Alloh rizo bolsin alardan song esa bizga qadar yetib kelgan, der edilar.

Hazrat Abdulxoliq Gijduvoniyning juda kop murid, muhib, shogirdlari bolgan. Ularning eng yetuklari: Xoja Ahmad Siddiq, Xoja Avliyoi Kabir, Xoja Sulaymon Karmaniy, Xoja Orif Revgariydir. Xoja Abdulxoliqning muborak ruhlari Xoja Bahouddin Naqshband hazratlarini tarbiya qilgani uchun u ulug zot Bahouddin Naqshbandning uvaysiy manaviy pirlari hisoblanadilar. Hazrat Bahouddinga zikri xufya (ovoz chiqarmay mahfiy zikr qilish)ni orgatgan ham u zoti sharifdir.

Abdulxoliq Gijduvoniyga Alloh taolo kop karomatlar bergan. Mir Alisher Navoiy Nasoyimul muhabbat kitobida hazrat Xojai Jahon Abdulxoliq Gijduvoniyga Alloh bergan ulug darajalarini takidlab: Har vaqt namozda Kabaga borar erdilar, deb yozadi (A. Navoiy, Mukammal asarlar toplami, 17 tom. T. 2001 yil, 253-bet). Osha kitobda A. Navoiy Abdulxoliq Gijduvoniyga quyidagi tarifni ham bergan: Alarning (yani Abdulxoliqning) ravishi tariqatda hujjatdur. Barcha foruq (haqni botildan ajratuvchilar)ning maqbulidurlar (Osha kitob, 254-bet).

Hazrat Abdulxoliq Gijduvoniy Risolai sahobiya, Maqsadas solikin, Maslakal orifin, Maqomati Yusuf Hamadoniy, Tariqat odobi nomli risolalar, shuningdek, ruboiy va qitalar yozgan.

Buxoro Xoja Ismat jome masjidi imom-xatibi Salohiddin Gadoev.



Manba: Daryo.uz
: admin (12-05-2019, 03:14)
+1 (: 1)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
:
-
:
20 ... -