» » To‘raqo‘rg‘onda 89 yashar momo maktab va masjidga 700 ta kitob sovg‘a qildi

To‘raqo‘rg‘onda 89 yashar momo maktab va masjidga 700 ta kitob sovg‘a qildi


Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 89 yoshli Saddiniso aya maktab va masjidga 700 ta kitob kitob sovg‘a qildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

— Piru badavlat onaxonni butun qishloq hurmat qiladi, — deydi 18-umumta’lim maktabi direktori Muhabbat Shermatova. —Ayniqsa, yaqinda ko‘rsatgan himmatlari yodda qoladigan bo‘ldi. Hududdagi ikki maktabga 600 ta, Yandama jome masjidiga 100 dona kitob sovg‘a qildilar. Adabiyotlar orasida Sa’diyning “Guliston”idan tortib “Kalila va Dimna”gacha bor. Chingiz Aytmatov, O‘tkir Hoshimov, Erkin Vohidov, Tohir Malik, Muhammad Yusuf, Maxtumquli kabi el suygan adiblarning tanlangan asarlari va boshqa kitoblar mahallamiz onaxonidan ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

Aytish lozimki, nafaqadagi muallima Saddiniso momoning uylaridagi kutubxonada ham 1000 dan kitob bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют