» » Andijonda surishtiruv uchun olib kelingan yigitni kaltaklagani bildirilgan IIB xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etildi

Andijonda surishtiruv uchun olib kelingan yigitni kaltaklagani bildirilgan IIB xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etildi


Andijon viloyati IIB tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvida tungi paytda surishtiruv uchun olib kelinib, kaltaklangani da’vo qilingan Hasanboy Ismoilovning ko‘rgazmalari o‘z tasdig‘ini topmaganligi uchun to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Andijon shahar prokuraturasiga yuborilgan. Bu haqda “Daryo”ga IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

To‘plangan hujjatlar yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilib, shahar IIB xodimlari harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘qligi uchun ularga nisbatan jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etildi.

Jamoatchilik vakili Abdulbosit Daminovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasi va 52-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan, fuqaro Hasanboy Ismoilovning harakatlarida esa MJtKning 41-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lganligi uchun ularga belgilangan tartibda ma’muriy chora ko‘rish haqida qaror qabul qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют