» » Haftalik dayjest: Kirib kelgan Ramazon va unga yugurgan oquvchilar, neft koni va tosilgan saytlar ochilishi

Haftalik dayjest: Kirib kelgan Ramazon va unga yugurgan oquvchilar, neft koni va tosilgan saytlar ochilishi


Daryo saytida haftaning eng muhim va muhokamali xabarlari sharhini boshlaymiz. Ramazon oyi bilan boshlangan hafta yurtimizga bir qator ijobiy ozgarishlar ham keltirdi: neft koni ochildi, tosiqdagi saytlar ochildi, yangi masjid ham ochildi.

6-martda Ramazon oyi kirib keldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston xalqini muborak Ramazon oyi bilan tabrikladi. Joylarda taroveh namozlari oqilishi boshlandi. Shuning munosabati bilan poytaxtning ayrim kochalari kechki payt yopilishi malum qilindi.

Ramazon boshida Qoqondagi 8-maktab direktori roza tutgan oquvchilarini ataylab yugurtirgani koplab musulmonlarning qahri va etiroziga sababchi boldi. Kotarilgan shov-shuv ortidan Qoqon shahar xalq talimi bolimi rozador oquvchilar issiqda yugurtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Prokuratura bu ish yuzasidan tekshiruv otkazdi, oqibatda maktab direktori rozador oquvchilarni yugurtirmaganini aytdi.

* * *

Ozbekistondagi eng chuqur konlardan bolmish Mingbuloq konidan neft qazib olindi. Namangan viloyatidagi konda Xitoyning CNPC kompaniyasi bilan qoshma loyiha olib borilmoqda. Konga Namangan hokimi Xayrulla Bozorov, energetika vaziri Alisher Sultonov va boshqa koplab mansabdorlar yetib bordi. Neft chiqqanligi shodiyonasi bois ular bir-birlarining yuziga qora oltin surkab xursandchilik qildi.

* * *

Ozbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev otgan haftada Fargona viloyatida boldi. Viloyatdagi yigilishda prezident investitsiya kiritish va modernizatsiyalash masalalariga keng toxtaldi. Shuningdek, Fargona shahridagi Temurbeklar maktabini borib kordi va bitiruvchilarga ozi xohlagan OTMda grant asosida oqish imkoniyatini taqdim qildi. Bundan tashqari, Fargonadagi eng ulkan zavodlarning biri FNQIZga tashrif buyurdi.

Shavkat Mirziyoyev Fargonadaligida Qoqonda elektromobil ishlab chiqarish zavodi barpo etilishi ehtimoli haqida xabar berildi. Zavod 2023-yilda mashina ishlab chiqarishi mumkin. Unda ming kishi ishlaydi va yiliga 10 ming elektromobil tayyorlaydi. Bu zavod koreyalik mashinasozlar bilan birga quriladi.

* * *

9-may kuni Ozbekistonning koplab joylarida Xotira va qadrlash kuni keng nishonlandi. Humo Arena muz saroyida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan konsert otkazildi. Qashqadaryoning Dehqonobodida xotira maydoni ochildi. Minglab fuqarolar Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi. Shavkat Mirziyoyev Toshkent Botanika bogida Xotira va qadrlash kuniga bagishlangan bayram tadbirida ishtirok etdi hamda poytaxtda Galaba bogi qurilishini malum qildi. Boshqa viloyatlar ham tadbirlar otkazdi, Buxoro hokimi Katyusha harbiycha qoshigini kuyladi.

Xotira va qadrlash kunida, garchi Toshkent shahar hokimiyati ruxsat bermagan bolsa-da, Olmas polk aksiyasi otkazildi.

* * *

10-maydan boshlab kochalarda avtomobil chirogini yoqib yurish va boshqa yangi qoidalar kuchga kirdi. Bundan tashqari, endi aylanma harakat chorrahasida harakatlanayotgan transport aylanaga kirib kelayotgan transportlarga nisbatan ustunlikka ega boladi. Shuningdek, 28 ta yangi yol belgilari amaliyotga kiritildi. Mutaxassislarning fikricha, kunduzi chiroq yoqib yurish yol harakati ishtirokchilarini sergaklantiradi va avtohalokatlarni kamaytiradi. Biroq Ozbekiston azaldan serquyosh bolgani bois bu choraning foyda berishidan shubhalanayotganlar ham yoq emas.

Darvoqe, yol harakatiga doir yana bir yangilik: jamoaviy murojaatlar portalida ismli avtoraqamlar joriy etilishi taklif qilindi. Noodatiy avtoraqamlar sotilishidan davlatga momay mablag tushadi, shuningdek, uni begonalar eslab qolishi ham osonroqdir, deb asoslangantaklif.

* * *

Chilonzor tumanida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid ochildi. Uikki gektardan ziyod maydoni egallaydi; majmua tarkibida konferens-zal, oquv xonalari, tahoratxona, muzey va boshqalar bor. Unga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ogli Ismoil Muhammad Yusuf imom etib tayinlandi.

* * *

Otgan haftada mamlakatimizda axborot erkinligi boyicha salmoqli qadam qoyildi. 10-maydan boshlab Voice of America, Amerika ovozi, BBC Uzbek, Deutsche Welle, Amnesty International, Human Rights Watch, Reporters sans frontieres, Eurasianet.org, AsiaTerra, Fergana Agency, Centre1, Uzmetronomkabi veb-saytlar ochib qoyildi. Bu saytlar hech bir izohsiz kop yillardan beri Ozbekiston hududida tosib qoyilgan edi.

Daryo yangiliklarini kuzatib boring. Ozbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor boling.



Manba: Daryo.uz
: admin (13-05-2019, 07:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -