» » Ozbekistonda pensiyalarni tayinlash boyicha hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

Ozbekistonda pensiyalarni tayinlash boyicha hukumat qarori loyihasi tayyorlandi


Moliya vazirligi Budjetdan tashqari pensiya jamgarmasi tomonidan pensiyalarni tayinlashga doir hukumat qarori loyihasini tayyorladi, deb xabar berdi OzA.

Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash uchun zarur hujjatlarni yigish jarayonini tubdan takomillashtirish togrisidagi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Hujjatga kora, Ozbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Ozarxiv agentligi hamda tarkibiy bolinmalari, shuningdek shaxsiy tarkibga oid hujjatlar saqlovi mavjud bolgan vazirlik va idoralarga elektron sorovnomalar yuborish va qabul qilish tizimi orqali amalga oshirilishi;

2020-yil 1-yanvardan boshlab tajriba tariqasida Davlat xizmatlari agentligining Toshkent shahri Bektemir, Yakkasaroy va Chilonzor tuman bolimlari orqali, 2020-yilning 1-iyuldan boshlab esa respublikaning barcha hududlarida joriy etilishi togrisidagi takliflari maqullash belgilangan.

Hujjat loyihasida aytilishicha, 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

a) davlat pensiyalarini tayinlashda fuqaroning ish staji mulkchilik shaklidan qatiy nazar xojalik yurituvchi subektlar tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining axborot tizimiga kiritilgan elektron malumotlarga asosan hisoblanadi;

b) fuqarolarning ish haqi togrisidagi malumotlari:

20052015-yillardagi davr uchun - AT Xalq bankining jamgarib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar;

20162018-yillardagi davr uchun - Davlat soliq qomitasining fuqarolarning Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgarmasiga otkazilgan sugurta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri, 2019-yildan keyingi davr uchun esa - ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritish reyestri malumotlari asosida tasdiqlanadi.

Ushbu davrlar uchun fuqarolarning mehnat stajini tasdiqlovchi qogoz shaklidagi malumotlar talab qilinishi man etiladi, deyilgan qaror loyihasida.



Manba: Daryo.uz
: admin (13-05-2019, 14:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -