» » Shri-Lankada musulmonlarga hujumlar tufayli ijtimoiy tarmoqlar bloklab qo‘yildi

Shri-Lankada musulmonlarga hujumlar tufayli ijtimoiy tarmoqlar bloklab qo‘yildi


Shri-Lanka hukumati 21-apreldagi teraktlardan so‘ng zo‘ravonlik kuchaygani sababli bir qator ijtimoiy tarmoq va messenjerlar, jumladan, Facebook va WhatsApp’ni bloklab qo‘ydi. Bu haqda Reuters agentligi tarqatgan ma’lumotga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Chilau shahrida bir necha o‘nlab odamlar masjid va musulmonlarga tegishli do‘konlarni toshbo‘ron qilgan. Bunga Facebook’da boshlangan bahs sabab bo‘lgan. Deutsche Welle’ning qayd etishicha, ushbu bahs tufayli bir erkak kaltaklangan.

Eslatib o‘tamiz, 21-aprel kuni Shri-Lankadagi mehmonxonalar va sakkizta cherkovda Pasxa bayramini nishonlash vaqtida portlashlar yuz bergan edi. Oqibatda taxminan 250 kishi halok bo‘lgan, 480 dan ortiq odam jarohat olgan. Shundan so‘ng hukumat ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni vaqtinchalik cheklagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют