» » O‘zbekistonda magistraturaga kirishda ayrim qoidalar bekor qilindi

O‘zbekistonda magistraturaga kirishda ayrim qoidalar bekor qilindi


Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “Qonunchilikdagi yangiliklar” brifingi va matbuot anjumanida magistraturaga kirish tartibidagi o‘zgarishlar ma’lum qilindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, magistraturaga kirishda quyidagilar bekor qilindi:

Magistraturaga hujjat topshirganlarning TOEFL bo‘yicha kamida 72 yoki IELTS bo‘yicha kamida 5,5 ball bo‘lganida ular chet tilidan kirish sinovida ishtirok etmaydi. Ilgari bu natijalar TOEFL bo‘yicha kamida 58 va IELTS bo‘yicha kamida 5 ball bo‘lishi kerak edi.

O‘qishini bahorgi semestrga qayta tiklash bo‘yicha ariza topshirish har yili 15-yanvardan 25-yanvargacha davom etadi. Ilgari 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvariga qadar edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 123) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют