» » AQShda to‘rt kunlik yomg‘irdan so‘ng qator shtatlar suv ostida qoldi (video)

AQShda to‘rt kunlik yomg‘irdan so‘ng qator shtatlar suv ostida qoldi (video)


AQShning janubiy va markaziy shtatlarida to‘rt kun davom etgan kuchli yog‘ingarchiliklar katta suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qiladi.

Eng ko‘p talofat ko‘rgan janubiy shtatlar — Luiziana, Texas va Arkanzas bo‘ldi. Missisipi shtatida esa favqulodda holat e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, kuchli yomg‘ir yog‘ishi 9-mayda boshlangan va 13-mayda to‘xtagan. Ba’zi yo‘llar daryolarga aylangan.

Missisipi daryosidagi suv sathining haddan ziyod ko‘tarilishi sababli, AQSh armiyasining Muhandislar korpusi Yangi Orlean yaqinidagi dambalar buzilmasligi uchun juma kuni Bonnet Karre to‘g‘onini ochishga majbur bo‘ldi.

Air boat out at Bonnet Carre during the second opening this year. pic.twitter.com/kkeQvcdESU

— Corps of Engineers (@TeamNewOrleans) May 10, 2019



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют