» » “Vaqf” fondi shu kunga qadar qancha zakot pullarini tarqatdi?

“Vaqf” fondi shu kunga qadar qancha zakot pullarini tarqatdi?


“Vaqf” xayriya jamoat fondi 2018-yil iyun oyidan 2019-yil 1-may sanasiga qadar jami 2 milliard 154 million so‘m zakot mablag‘lari kelib tushgan bo‘lib, shu kunga qadar ushbu mablag‘larning 1,8 milliard so‘mi 1202 nafar muhtoj insonlarga tarqatilgan, deb xabar beradi O‘zA.

Tarqatilgan mablag‘larni hisobga olganda har bir ko‘makka muhtoj insonga o‘rtacha 1,5 million so‘mdan zakot mablag‘i topshirilgan.

“Bunda imkon qadar murojaatnomalar xolis shaxslar yordamida o‘rganilib, qanchalik muhtojligidan kelib chiqib mablag‘lar ajratildi. Ayrim murojaatchilar shariatda belgilangan talablarga javob bermagani uchun zakot mablag‘larini berish rad qilindi”, — deyiladi xabarda.

“Vaqf” xayriya jamoat fondi barcha mo‘min-musulmonlarini muqaddas Ramazon oyida ehsonlarni ko‘proq qilishga va ulkan ajrlarga ega bo‘lishga chaqiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют