» » Turkiya hukumati “Rosatom” tomonidan qurilayotgan AES poydevorida yoriqlarni aniqladi

Turkiya hukumati “Rosatom” tomonidan qurilayotgan AES poydevorida yoriqlarni aniqladi


Turkiya atom energetikasi regulyatori Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi tomonidan qurilayotgan “Akkuyu” atom elektr stansiyasining beton poydevoridan ikki marotaba yoriq topdi, deb xabar beradi Meduza.

Haberturk nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi yoriq 2018-yilning iyulida topilgan. “Rosatom” betonni quyib bo‘lgach, regulyator yana bir yangi yoriqni aniqlagan — uni bartaraf etish bo‘yicha ishlar sentabr oyida yakunlangan.

“Rosatom”ning ma’lum qilishicha, “Akkuyu” AESini qurish ishlari ayni vaqtda jadval bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

20 milliard dollarga baholangan “Akkuyu” atom elektrostansiyasi Rossiyaning BBER-1200 reaktorlari o‘rnatilgan to‘rtta energoblokni o‘z ichiga oladi. AESni qurish bo‘yicha bitim 2010-yilda imzolangan. 2015-yilda Turkiya Suriya chegarasida Rossiyaga tegishli qiruvchi samolyotni urib tushirgach, loyiha to‘xtab qolgan edi. 2017-yilda u yana qayta tiklangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют