» » Xitoy bojxona ma’muriyati delegatsiyasi Toshkentga keldi. Muzokaralarda O‘zbekiston yuk tashuvchilarining Xitoyga kirib-chiqishida qulaylik tug‘dirish muhokama qilindi

Xitoy bojxona ma’muriyati delegatsiyasi Toshkentga keldi. Muzokaralarda O‘zbekiston yuk tashuvchilarining Xitoyga kirib-chiqishida qulaylik tug‘dirish muhokama qilindi


Xitoy Bosh bojxona ma’muriyati boshlig‘i o‘rinbosari Li Go boshchiligidagi delegatsiya 13-may kuni Davlat bojxona qo‘mitasida bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita axborot xizmati bosh inspektori Husan Tangriyev ma’lum qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston chegara-bojxona postlarini zamonaviy texnik-nazorat vositalari, jumladan, katta hajmli yuk avtotransport vositalarini skanerlovchi inspeksion-ko‘rik majmualari bilan jihozlanishida Xitoyning ishtirokiga yuqori baho berildi. Hozirda respublika bojxona postlarida faoliyat yuritayotgan 17 ta inspeksion-ko‘rik majmualarining 8 tasi Xitoy hukumatining turli grantlari asosida keltirilgan.

Uchrashuvda O‘zbekiston avto yuk tashuvchilarining Xitoyga kirib-chiqishida qulayliklar tug‘dirish, ushbu davlat hududida yuk tashishda yuzaga kelayotgan muammolarni Xalqaro yuk tashish to‘g‘risidagi Bojxona konvensiyasi talablari asosida bartaraf etish masalalari ham muhokama qilindi.

Shuningdek, bojxona organlari uchun kadrlar tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirishda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar qo‘mitaning bojxona tarixi muzeyida bo‘ldi. Li Go “Faxriy mehmonlar” kitobida dastxatini qoldirdi.

Kunning ikkinchi yarmida Xitoy bojxonasi delegatsiyasi poytaxtdagi “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida bo‘lib, bu yerda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari uchun joriy qilingan qulayliklar, bojxona ekspertizasining amalga oshirish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlarga 2019-yilning 1-martidan boshlab amaliyotga tatbiq qilingan, yuklarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda “yashil”, “sariq”, “ko‘k” va “qizil” yo‘laklarga yo‘naltiruvchi avtomatlashtirilgan xavfni boshqarish tizimi haqida batafsil axborotlar berildi.

Delegatsiya post hududidagi bojxona omborlarida bo‘lib, tovarlarni omborga joylashtirish, bojxona rejimlariga yo‘naltirish jarayonlari bilan ham tanishdi.

Tashrif doirasida mehmonlar Sirdaryo erkin iqtisodiy zonasi hududida joylashgan “Peng-Sheng” qo‘shma korxonasida ham bo‘ldi. Xitoyning O‘zbekistondagi eng yirik loyihalaridan biri bo‘lgan ushbu korxonaga 2009-yilda asos solingan bo‘lib, uning muassisligida Sirdaryo tumanida bir nechta ixtisoslashtirilgan qo‘shma korxonalar tashkil etilgan. Ularda 1500 dan ortiq ish o‘rinlari yaratilgan.

Mehmonlar loyiha tarkibidagi keramika kafellarini ishlab chiqarish korxonasi va issiqxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat ichki bozor, balki eksportga ham yo‘naltirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют