» » Qashqadaryoda konsertga chiptani majburlab sotgan maktab direktori lavozimidan ozod etildi

Qashqadaryoda konsertga chiptani majburlab sotgan maktab direktori lavozimidan ozod etildi


Xalq talimi vazirining Huquqiy-nazorat xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan 35 000 somlik majburiy bilet va Oqituvchilarga sotilayotgan majburiy bilet nomli maqolalarida keltirilgan malumotlar organildi, deb yozadi Ozbekiston Respublikasi Xalq talim vazirligi.

Mazkur jarayonda Qashqadaryo viloyati xalq talimi boshqarmasi, Qarshi shahar xalq talimi bolimi rahbariyati, umumtalim maktablari direktorlari hamda konsert dasturi tashkilotchilari shaxsiy manfaatlarini kozlab pedagog-xodimlarni majburiy ravishda konsertga jalb qilganliklari aniqlandi.

Jumladan, Qarshi shahri XTB tasarrufidagi 23-sonli umumtalim maktabi direktori v.v.b. R.N va 19-sonli umumtalim maktabi direktori S.A 35 000 somlik har bir chipta sotuvidan 5000 somdan ozlariga qolishi borasida konsert tashkilotchisi bilan ozaro kelishgan. Songra 100 dona konsert chiptasini oqituvchilarga majburan sotgan.

Huquqiy-nazorat xizmati xodimlarining aralashuvidan song maktab direktorlari shu kungacha oqituvchilarga sotilgan konsert chiptalari pullarini qaytarib bergan.

Yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan Qarshi shahar XTB mudiri orinbosari R.Jga hayfsan intizomiy jazo chorasi berildi. 23-sonli umumiy orta talim maktabi direktori v.v.b. R.N egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 19-umumtalim maktabi direktori S.A. joriy yilning 8-mayidan buyon sogligi yaxshi emasligi tufayli davolanayotgani bois unga nisbatan intizomiy jazo chorasi korish keyinga qoldirilgan.

Hozirda Qashqadaryo viloyati xalq talimi boshqarmasi boshligi orinbosari B.U. va Qarshi shahar xalq talimi bolimi mudiri B.E.ga intizomiy jazo berish masalasi korilmoqda.

Vazirlik pedagoglardan ozlarifaoliyat yuritayotgan talim muassasasida ham shu kabi holatlar yuzaga kelsa, Xalq talimi vazirligining Ustoz ovozi virtual inspektor tizimining telegram boti yoki +99899 988 10 06 raqami orqali murojaat qilishlarini soradi.



Manba: Daryo.uz
: admin (14-05-2019, 21:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 1) ( 0) ( 1) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -