» » 72-xalqaro Kann kinofestivalida Ozbekiston milliy paviloni ochildi

72-xalqaro Kann kinofestivalida Ozbekiston milliy paviloni ochildi


14-may kuni 72-xalqaro Kann festivali doirasidagi March? du Film kinobozorida Ozbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bolib otdi. Bu haqda Daryoga Yoshlar media markazi malum qildi.

Ozbekiston milliy paviloni ikkinchi yil mamlakat kinoindustriya salohiyatini Kannda rasman namoyish qilmoqda. Ushbu korgazma va muzokaralar maydonchasi Yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish qomitasi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Milliy kinokomissiyasi tomonidan Ozbekistonning Fransiyadagi elchixonasi komagida tashkil qilindi.

March? du Film kinobozori bosh tashkilotchisi Arno Menindes Ozbekiston milliy pavilon ochilishida shaxsan ishtirok etdi.

Yildan yilga kinobozorimiz geografiyasi kengaymoqda va unda Ozbekiston ikkinchi yil qatnashayotganidan xursandmiz. Ishonamizki, Ozbekistonning gozal goshalari suratga olish uchun jozibali lokatsiya sifatida jahon kinoijodkorlarida qiziqish uygota oladi, dedi Arno Menindes.

Kino sanoati mutaxassislari va ijodkorlardan tarkib topgan Ozbekiston delegatsiyasining asosiy vazifasi mamlakatning kino lokatsiyalari hamda xorijiy kinoloyihalarni amalga oshirish (koprodakshn) salohiyatini taqdim etishdan iborat.

Milliy pavilon faoliyati davomida xorijlik prodyuserlar va xalqaro kinokompaniyalarni Ozbekistonda suratga olish uchun jalb qilish, shuningdek, 2019-yil 2630-noyabr kunlari Toshkentda bolib otadigan PROlogue xlqaro kinofestivaliga dunyoning turli nuqtalaridan qatnashchi va hayat azolarini taklif qilish boyicha uchrashuv va muzokaralar otkaziladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (15-05-2019, 08:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -