» » Kann xalqaro kinofestivalida ilk bor “O‘zbekiston” paviloni tashkil etildi

Kann xalqaro kinofestivalida ilk bor “O‘zbekiston” paviloni tashkil etildi


Fransiyada 8-19 may kunlari bo‘lib o‘tadigan 71-Kann xalqaro kinofestivalida ilk bor “O‘zbekiston” paviloni tashkil etildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Pavilonda festival ishtirokchilari va mehmonlariga O‘zbekistonning turistik salohiyati, film suratga olish uchun boy imkoniyatlar namoyish etiladi. Bu xorijlik kinokompaniyalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, eng asosiysi, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan PROlogue xalqaro festivaliga dunyoning turli burchagidan mutaxassis va yosh kinoijodkorlarni jalb etish imkonini beradi.

— “O‘zbekiston” pavilonida taqdim etiladigan tarixiy-me’moriy obidalar, mamlakat tabiatini aks ettiruvchi kinojurnallar va boshqa tarqatma materiallar xorijlik kinosanoat vakillarini e’tiborsiz qoldirmaydi, — deydi “O‘zbekkino” milliy agentligi Yosh kinoijodkorlar kengashi raisi Oybek Abdushukurov. — Bundan tashqari yaponiyalik kinoijodkorlar hamkorligida Toshkent va Jizzaxda suratga olingan Dragonhead, Eron va Rossiya kinoijodkorlari Buxoroda tasvirga tushirgan “Umar Hayyom”, shuningdek, rossiyalik ijodkorlar tomonidan Xorazmda suratga olingan ko‘plab kinokartinalar haqida ham ma’lumotlar beriladi. Bularning barchasi nafaqat O‘zbekistonning kino san’ati va sanoati, balki turistik salohiyatini ham oshirishga xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют