» » San-Fransiskoda yuzni tanish texnologiyasidan foydalanish taqiqlandi

San-Fransiskoda yuzni tanish texnologiyasidan foydalanish taqiqlandi


San-Fransisko kuzatuv kengashi politsiya va boshqa mahalliy muassasalarga yuzni tanish texnologiyasidan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda The New York Times gazetasiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Nashrda ta’kidlanishicha, San-Fransisko Amerikadagi yirik shaharlar ichida birinchi bo‘lib bu kabi texnologiyaga taqiq qo‘ydi.

Ovoz berish jarayonida kuzatuv kengashining sakkiz nafar a’zosi taqiqlashni ma’qullagan bo‘lsa, bir nafari bunga qarshi ovoz berdi. Yana ikki nafari betaraf qoldi. Keyingi haftada ovoz berish jarayoni yana bir bor o‘tkaziladi, faqat bu shunchaki rasmiyatchilik uchun.

Mavzuga doir: Google yuzni tanish texnologiyasidan “aqlli” uylarda foydalandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют