» » Sevishganlar bir-biri bilan qarindosh ekanligini ota-onalari bilan uchrashgach bilib qoldi

Sevishganlar bir-biri bilan qarindosh ekanligini ota-onalari bilan uchrashgach bilib qoldi


Yaxshi ko‘rgani bilan besh oyga yaqin uchrashib yurgan qiz yigit o‘zining yaqin qarindoshi ekanligini bilib qoldi. Bu haqda u Reddit ijtimoiy tarmog‘iga yozib qoldirgan.

Gelicca niki ostidagi foydalanuvchi Hinge dasturi yordamida bir yigit bilan tanishgan va ular juda tez muddatda sevishib qoladi. Oradan besh oy o‘tgach juftlik bir-birining ota-onasi bilan tanishishga qaror qiladi.

Sevishganlar ota-onasini restoranga taklif qilgan. Qizning otasi yigitning onasini kutib olishga chiqqanida haqiqat oshkor bo‘lgan. “U o‘zining qarindoshini ko‘rib ranglari oqarib ketdi. Bir necha soniyadan so‘ng ayol ham dadamni tanib qoldi”, — deb yozadi Gelicca.

Foydalanuvchining tushuntirishicha, ularning oilasi bir-biridan ancha olisda yashagan va uzoq muddat ko‘rishmagan. Voqea natijasida qiz yigit bilan ajrashishga majbur bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют