» » Toshkentda aholiga atom texnologiyalari haqida ma’lumot beruvchi markaz ochildi (foto)  

Toshkentda aholiga atom texnologiyalari haqida ma’lumot beruvchi markaz ochildi (foto)  


15-may kuni Toshkentda “O‘zatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasining qo‘shma loyihasi – Atom texnologiyalari bo‘yicha axborot markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Tadbirda “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev, Rossiya Federatsiyasining favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenev hamda O‘zbekiston va Rossiya atom tarmoqlari vakillari, OAV xodimlari hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.

Axborot markazi O‘zbekiston aholisiga atom nima ekanligi, AES qanday ishlashi, atom texnologiyalari qaysi noenergetik sohalarda qo‘llanilishi va ko‘pgina boshqa masalalar bo‘yicha bilim beruvchi maydon bo‘ladi.

Markaz ekspozitsiyasi turli yoshdagi tashrif buyuruvchilar uchun mo‘ljallangan: maktab o‘quvchilari, talabalar va yoshi kattalar.

Ta’kidlab o‘tish joizki, markaz faoliyati notijoriy bo‘lib, tashrif va barcha ma’naviy tadbirlar markaz mehmonlari uchun bepul. Markaz maydonida olimlarning ommaviy ma’ruzalari o‘qiladi, atom tarmog‘i mutaxassislari bilan uchrashuvlar va shu bilan bog‘liq turli tadbirlar tashkil etiladi.

“Axborot markazining ochilishi – O‘zbekistonda ilk atom elektr stansiyasini barpo etish bo‘yicha kompleks loyihani amalga oshirishning muhim qismi. Ishonchimiz komilki, atom infratuzilmasini tarkib toptirish va rivojlantirish barcha mamlakatlarda jamiyatning katta qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlashini shakllantirishda asosiy rol targ‘ibot-tashviqot ishlariga tegishli. Aynan shuning uchun Atom texnologiyalari bo‘yicha axborot markazlari tashkil etiladi”, – deydi “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachyov.

“Toshkentdagi Atom texnologiyalar bo‘yicha axborot markazi har bir inson yadro energetikasi bo‘yicha savollarga javob olishi, bilimlarning yangi sahifasini ochishi, insoniyatning eng dolzarb ehtiyojlarini qanoatlantirishini ta’minlash, uning roli qanday ekanligini bilish imkonini beradigan joyga aylanadi”, — deb ta’kidladi O‘zbekistion Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidenti Behzod Yo‘ldoshev.

O‘zbekistonda ochilgan Axborot markazi dunyoniinhg boshqa mamlakatlarida joylashgan shunday markazlarning eng zamonaviy va ilg‘ori hisoblanadi.

U shunday loyihalashtirilganki, bu yerga tashrif buyuruvchi har bir inson tinchlik atomi haqida turli audiovizual texnologiyalar yordamida axborot olishi uchun imkoniyat yaratilgan. U zamonaviy multimedia jihozlari — o‘zbek va rus tillaridagi noodatiy videodasturlar, qishloq xo‘jaligi sohasida atom texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatini namoyish qiladigan interfaol doskalar va albatta, O‘zbekistonda quriladigan atom stansiyasining maketi bilan ta’minlangan

Videozalda atom energetikasi, reaktorlarning xavfsizlik tizimlari va turli sohalarda atom texnologiyalarini qo‘llash haqida turli ilmiy-ommabop filmlarni tomosha qilsa bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют