» » Rossiya O‘zbekistonda atom energetikasi sohasi uchun kadrlar tayyorlashda ko‘maklashadi

Rossiya O‘zbekistonda atom energetikasi sohasi uchun kadrlar tayyorlashda ko‘maklashadi


“Rosatom”, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi atom energetikasini rivojlantirish agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda “Daryo”ga agentlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Memorandum doirasida tomonlar O‘zbekistondagi ilk atom elektr stansiyasi personalini o‘qitish, atom energetikasi sohasida ta’lim va personalni tayyorlash borasida hamkorlikni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, ehtiyojdan kelib chiqib atom energetikasi, yadro fani va texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma ta’lim, jumladan, ikki tomonlama diplomlar dasturlarini tashkillash ko‘zda tutilmoqda.

Memorandum hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari, xususan, atom energetikasi sohasida o‘quv va ilmiy adabiyotni ishlab chiqish, qisqa muddatli stajirovkalar, yozgi maktablar, seminarlarni tashkillash, o‘zbekistonlik talablar va o‘quvchilar o‘rtasida fizika, kimyo va matematika bo‘yicha tanlovlar o‘tkazishni ham o‘z ichiga olgan.

“Rosatom” O‘zbekistonda keng jamoatchilik va yadro texnologiyalari bilan qiziquvchilar uchun atom enegetikasi axborot markazi ochilishida ham ko‘maklashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2018, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют