» » Avstraliyada 40 yil avval yo‘qolgan hamyon topildi. Endi uning egasi qidirilmoqda

Avstraliyada 40 yil avval yo‘qolgan hamyon topildi. Endi uning egasi qidirilmoqda


Avstraliyaning Kofs-Xarbor shahrida 40 yil avval yo‘qolgan hamyon topildi, deb yozadi Daily Mail.

Ma’lum bo‘lishicha, Reychel Pollard ismli ayol farzandlari bilan birga Boroniya bog‘ida Onalar kunini nishonlayotganida bolalardan biri qandaydir iflos buyumni topib olgan. Ayol dastlab uni tashlab yubormoqchi bo‘lgan, lekin yaxshilab qarab, bu kimningdir yo‘qotilgan hamyoni ekanini bilgan.

Pollard unda bir nechta eski hujjatlarni topgan, ular orasida Sent-Lyusiya universiteti kitob do‘konining diskont kartasi, mahalliy radiostansiya flayeri va Commonwealth bankining eski logotipli plastik kartasi bo‘lgan. Eng qizig‘i, topilmalar ichidan 18 yoshli Jennifer Sinklerga tegishli pasport ham chiqqan.

Pollard hamyon egasining topilishiga umid qilib, uning ichidagi narsalar suratini o‘ziga qarashli nikoh agentligining Facebook’dagi sahifasiga joylagan. Hujjatlarga ko‘ra, Sinkler Brisben shahrida yashagan va hozir u 58 yoshda bo‘lishi kerak.

Uning tarmoqda joylagan e’loni 174 marta ulashilib, unga 60 dan ortiq izoh yozilgan. Foydalanuvchilardan biri esa hamyon egasi mahalliy jinoyatchining qurboniga aylanganini taxmin qilib, zudlik bilan politsiyaga xabar berish kerakligini aytgan.

Pollard hamyonda qimmatbaho buyumlar yo‘qligi sababli politsiyaga xabar berish niyati bo‘lmagani, lekin Jennifer Sinklerni tezroq topish maqsadida endi shunday qilishini aytgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют