» » O‘zbekistonda qimmatlashgan piyoz, MOQning yangi rahbari, Qoraqalpog‘istonda uylarning tomini uchirib yuborgan shamol va kunning boshqa xabarlari

O‘zbekistonda qimmatlashgan piyoz, MOQning yangi rahbari, Qoraqalpog‘istonda uylarning tomini uchirib yuborgan shamol va kunning boshqa xabarlari


15-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

O‘zbekistonda piyoz nega birdan qimmatlashgani yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi izoh berdi.

O‘zbekistonda piyoz narxi keskin ko‘tarildi. Bir kilo kartoshka narxi 2000 so‘m bo‘lgan bir paytda, yangi yetishtirilgan piyoz narxining 3,5 ming so‘mligi ayrim ekspertlarni ajablantirmayotgan bo‘lsa-da, oddiy aholi uchun bu sabzavotning salkam 3 barobar qimmatlashi ko‘plab savollarni yuzaga keltirdi.

***

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga rahbarlik qilib kelayotgan Umid Ahmadjonov iste’foga chiqarildi.

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi rahbari sifatida ishlab kelgan Rustam Shoabdurahmonov MOQning yangi prezidenti etib saylandi.

***

Qoraqolpog‘istonda kuchli shamol ko‘p qavatli uylarning tomini uchirib ketdi.

Ko‘p qavatli uylar ta’mirlanayotgan bo‘lgan. Hodisa oqibatida shu yerda uyni ta’mirlayatogan ikki nafar usta jarohat olgan va ular kasalxonaga olib ketilgan.

***

Nukusda bayroqlar oldida yechinib, o‘zini ko‘z-ko‘z qilgan o‘smirlar 15 sutkaga qamaldi.

Internetda o‘smir yigitning Nukus markazidagi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston davlat bayroqlari oldida yechinib, ich kiyimda o‘zini ko‘z-ko‘z qilib yugurib chiqqani tasvirlangan video tarqaldi.

***

Bosh vazir qabulxonasiga yuborilgan tadbirkorlar murojaatlarini “pastga tushirish” taqiqlandi.

Respublika darajasida hal etilishi kerak bo‘lgan tadbirkorlarning, shu jumladan, chet ellik investorlarning murojaatlari keyinchalik Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasining rahbarlari va boshqa vakolatli organlar ishtirokida ko‘rib chiqish uchun kotibiyatga yuboriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют