» » Toshkentda 8-sinf o‘quvchisi metrodan foydalanishda innovatsion to‘lov tizimi loyihasi ustida ishlamoqda

Toshkentda 8-sinf o‘quvchisi metrodan foydalanishda innovatsion to‘lov tizimi loyihasi ustida ishlamoqda


Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Barkamol avlod — Vatan faxri” ta’lim loyihasining Ekspertlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahridagi 64-umumta’lim maktabi o‘quvchilarining eng yaxshi ilmiy ishlari taqdim etildi, deb yozadi O‘zA.

Mazkur loyiha 2010-yilda “Sharq ayoli” xalqaro ayollar jamoat fondi tomonidan ishga tushirilgan.

“Loyiham Subpay deb nomlanadi va bu metropolitendan foydalanishda innovatsion to‘lov tizimi loyihasi bo‘lib, uning maqsadi to‘lov tizimini yaxshilash. Bilamizki, hozir metroda jetonlardan foydalaniladi. Bu texnologiyalar rivojlanayotgan XXI asr uchun biroz eskirgan usul. Loyiha o‘z ichiga 3 ta elementni oladi, ular to‘lov kartochkasi, mobil ilova va turneketlarga kerakli o‘zgartirishlarni kiritish. Natijada yo‘lovchi uzoq navbatlarda turib jeton sotib olishiga hojat qolmaydi, kartochkaga o‘ziga kerakli mablag‘ni istagan usulida to‘lab foydalanadi. Kartochkani turneketga yaqinlashtirishning o‘zi kifoya. Bu kabi innovatsion usullardan rivojlangan davlatlar foydalanishadi, bizning loyihaning afzalligi to‘lov tizimining anchayin soddalashtirilgani. Loyihani yanada rivojlantirishda ustozlarim ham maslahat bermoqda. Kelgusida axborot texnologiyalari bo‘yicha ta’lim olishni davom ettirmoqchiman”, – deydi Toshkent shahridagi 64-umumta’lim maktabi 8-sinf o‘quvchisi Kamoliddin Qahhorov.

Bundan tashqari o‘quvchilar taqdim etgan ilmiy ishlar orasidan “Marketing”, “Baxt – bu nima?”, “Mikroorganizmlar va siz”, “Shovqin va inson uchun uning oqibatlari” kabi qiziq mavzulardagi loyihalar o‘rin olgan.

Tadbirda har bir ma’ruzachining nutqi katta qiziqish bilan tinglandi, ilmiy ishlarning dolzarbligi va amaliy ahamiyati baholandi. Ekspertlar kengashi a’zolari tadqiqotchilarning mehnatsevarligi va qobiliyatlarini yuksak baholadi va loyiha ishtirokchilari diplomlar bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют