» » “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

“O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi


“Turkiston” saroyida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” birinchi respublika tanlovi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” tanlovida o‘z texnik loyihalari, ratsionalizatorlik takliflari, innovatsion ishlanmalarini amaliyotga joriy etish istagida bo‘lgan olimalar, doktorantlar, iste’dodli talaba va o‘quvchi qizlar, ixtirochilar, ratsionalizator, muhandis, konstruktor, dasturchi, shifokor, tadbirkor ayollarning izlanishlari atroflicha o‘rganildi.

Poytaxtdagi Turin politexnika universitetida shu yil 6—7-fevralda bo‘lib o‘tgan tadbirda ularning ishi bilan atroflicha tanishish, yangiliklarning o‘ziga xosligi, afzalligiga oid ilmiy taqdimotlarda qatnashish imkoniyati yaratildi. Ishlanmalar tibbiyot, ta’lim, ilg‘or texnologiyalar, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, axborot texnologiyalari va boshqa ko‘plab sohalarni qamrab olgan.

Respublika ekspertlar kengashi tomonidan ishlanmalarning yangiligi, mazmun-mohiyati, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy samarasi, ahamiyati kabi jihatlarga asosiy e’tibor qaratildi. Eng yaxshi loyiha va g‘oyalar mualliflariga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-02-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют