» » Kuala-Lumpurda O‘zbekiston va Malayziya tadbirkor ayollarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Kuala-Lumpurda O‘zbekiston va Malayziya tadbirkor ayollarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi


Kuala-Lumpurda O‘zbekiston va Malayziya tadbirkor ayollarining forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni ikki davlat tadbirkor ayollar assotsiatsiyalari tashkilladi, deb xabar beradi UzReport.

Biznes-forumda O‘zbekistondan 20 nafarga yaqin tadbirkor, shuningdek, Malayziya ishbilarmon doiralari, vazirliklari, muassasalari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar, jumladan, iqtisodiy yangilanishlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi. 

O‘zbekistonning investitsiyaviy imkoniyatlari va eksport salohiyati, valyuta bozorini liberallashtirish, soliq qonunchiligini takomillashtirish va xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar forum qatnashchilari diqqat markazida bo‘ldi.

Tomonlar ayollar tadbirkorligi yo‘nalishida hamkorlik istiqbollari yuzasidan o‘zaro fikr almashdi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-10-2017, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют