» » Berlinda O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmon doiralari biznes-forumi o‘tkazildi

Berlinda O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmon doiralari biznes-forumi o‘tkazildi


Berlinda O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum o‘tkazildi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Biznes-forumda nemis kompaniyalari, banklari va xalqaro moliya institutlarining 100 dan ortiq vakili ishtirok etdi. O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi, Nemis iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi va Deutsche Bank tadbir tashkilotchilari bo‘ldi. 

O‘zbekiston delegatsiyasi farmatsevtika, kimyo va to‘qimachilik sanoatiga taalluqli istiqbolli investitsiya loyihalari taqdimotini o‘tkazdi. Anjuman doirasida Germaniya ishbilarmonlik doiralari vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. 

Biznes-forum yakunlari bo‘yicha, jumladan, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Siemens konserni o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi anglashinuv memorandumi imzolandi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-08-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют