» » Toshkentda O‘zbekiston—Xitoy biznes forumi boshlandi

Toshkentda O‘zbekiston—Xitoy biznes forumi boshlandi


O‘zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan O‘zbekiston—Xitoy biznes forumi 19-aprel, chorshanba kuni o‘z ishini boshladi. Biznes-forumning ochilishiga bag‘ishlangan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov va XXRning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Sun Litsze boshchiligidagi ikki mamlakatning tegishli vazirliklari, idoralari va ishbilarmon doiralari ishtirok etdi.

19—21-aprel kunlari Xalqaro biznes markazida bo‘lib o‘tadigan forum doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvlar davomida iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorlik o‘rnatish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini ishlab chiqish, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini moliyalashtirish manbalari va ko‘rsatkichlari muhokama qilinadi.

Xitoy tomonidan biznes-forumda metallurgiya, tog‘-kon sanoati, energetika, qurilish, transport, telekommunikatsiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirayotgan kompaniya va konsernlar ishtirok etmoqda.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi barqaror o‘sish suratlarini ko‘rsatmoqda va tovarlar nomenklaturasi kengaymoqda. 2016-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tovar aylanmasi 4,7 milliard dollarni tashkil qilgan, 2017-yilning birinchi choragida esa bu ko‘rsatkich 1,2 milliard dollarni tashkil qildi.

Mazkur bisnes-forum ikki mamlakat o‘rtasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikning namunasi bo‘lib, O‘zbekiston Prezidentining XXRga may oyida amalga oshiradigan davlat tashrifi oldidan hamkorlikning amaliy natijalarini ko‘rsatadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 82) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют