» » Namanganlik ayol jo‘xori poyasidan fruktoza siropi olish texnologiyasini kashf qildi

Namanganlik ayol jo‘xori poyasidan fruktoza siropi olish texnologiyasini kashf qildi


Namanganda “O‘zbekiston ayollarining 100 eng yaxshi innovatsion loyihasi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

Tanlovda ziyoli, tadbirkor, hunarmand va ilmiy ish ustida izlanayotgan ayollar, oliy o‘quv yurtida tahsil olayotgan talaba-qizlar, xotin-qizlar tibbiyot, ta’lim, sport, ilm-fan yo‘nalishidan tortib, maktabgacha ta’lim, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, milliy hunarmandchilik, turizm va ijtimoiy masalalarni qamrab olgan turli yo‘nalishlar bo‘yicha 20 ga yaqin mavzudagi yangi innovatsion loyihalarni namoyish etdi.

Qayd etilishicha, aksariyat nominatsiyalar bo‘yicha taqdim etilgan loyihalarning barchasi o‘zining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati bilan diqqatga sazovordir. Masalan, manzarali gullar kasalliklariga qarshi kurashish choralaridan tortib, jamiyatni ruhiy va axloqiy sog‘lomlashtirishda kreativ yondashuv, yoshlarni oilaga tayyorlashda psixologik yondashuv, hunarmandchilik turizmini rivojlantirish va pedagogik yo‘nalishlar singari o‘nlab sohalar istiqboliga doir ixtirolarni qamrab olgan.

“Qand jo‘xori poyasidan fruktoza siropi va konsentratlarini olish texnologiyasi bo‘yicha innovatsion loyiham bilan qatnashdim. Bunda qand jo‘xori poyasidan 35 foizgacha fruktoza siropini olish mumkin. Mazkur sirop asosida tayyorlangan konserva – qandli diabet xastaligini davolashda import o‘rnini bosadigan mahsulot tayyorlash imkonini beradi. Qand jo‘xori yetishtirish rentabelligi 29 foizgacha ko‘tarilishi loyihaning iqtisodiy samaradorligidan dalolat”, – deydi Namangan muhandislik texnologiya institutining qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi assistenti Shoira Sodiqova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-01-2018, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют