» » Navoiyda fuqaroni maktabga ishga kirish uchun pora berishga undagan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Navoiyda fuqaroni maktabga ishga kirish uchun pora berishga undagan shaxslarga sud hukmi o‘qildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining ochiq sayyor sud majlisida, Karmana tuman Xalq ta’lim bo‘limi majlislar zalida pora berishga dalolat qilgan ikki nafar ayolga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo”ga jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi sudyasi Adiz Avezov xabar berdi.

Ish holatlariga ko‘ra, S. Imomova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 2018-yil 2-apreldan Karmana tumani, “Arg‘un” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis vazifasida ishlab kelib, Karmana tumani, Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi G. Aliyeva bilan jinoiy til biriktirib, bir guruh shaxslar bo‘lib, o‘zganing mulkini firibgarlik yo‘li bilan egallash maqsadida A. Bo‘riyevga uning turmush o‘rtog‘i Charos ismli shaxsni Navoiy shahridagi maktablardan biriga ishga joylashtirib berish evaziga 500 dollar miqdoridagi pulni Navoiy shahar, Xalq ta’limi bo‘limidagi tanishlariga pora tariqasida berishi kerakligini bildirgan. Ishga joylashtirishda vakolatga ega bo‘lmasa-da, 2019-yil 22-yanvar kuni Karmana tumani, “Arg‘un” MFY ma’muriy binosida A. Bo‘riyevdan 500 dollarni olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Sudlanuvchi S. Imomova va G. Aliyevalar dastlabki tergovda bergan ko‘rsatuvlarini tasdiqlab, sud majlisida ayblariga iqrorlik bildirib, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonda ekanligi haqida ko‘rsatuv berib, suddan o‘zlariga nisbatan yengillik berishni so‘radi.

Sudda, sudlanuvchi S. Imomova va G. Aliyevalar ayblariga iqrorlik bildirib ko‘rsatuv bergan bo‘lsalarda, ularning ayblari sudda to‘plangan dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topdi.

Sud barcha holatlarni sinchkovlik bilan o‘rganib, dallillarga baho berib, S. Imomovani JKning 168-moddasi 2-qismi “b” bandi, 28, 211-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topib, unga JKning 45, 59-moddalari tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 1 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi va 2 yil 6 oy ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Shuningdek, G. Aliyeva esa JKning 168-moddasi 2-qismi “b” bandi, 28, 211-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, JKning 59-moddasi tartibida tayinlangan 2 yil 3 oy ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют