» » Karmanada fuqaroni ishga kirish uchun pora berishga undagan bandlik xizmati xodimlariga sud hukmi o‘qildi

Karmanada fuqaroni ishga kirish uchun pora berishga undagan bandlik xizmati xodimlariga sud hukmi o‘qildi


Navoiy viloyatining Karmana tumanida pora berishga dalolat qilgan T.Komilov va Z.Zoirov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan)ga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Karmana tuman Bandlikka ko‘maklashish markazi mehnat inspektori lavozimida ishlab kelayotgan muqaddam sudlangan T.Komilov tumanning Bandlikka ko‘maklashish markazi Vaqtinchalik bir martalik ishlar bilan ta’minlash byurosi direktori Z.Zoirov bilan o‘zaro til biriktirgan.

Ular xizmat mavqeidan foydalangan holda fuqaro D.Ochilovni ishonchiga kirib, xizmat vazifalariga kirmasa-d, uni Navoiy shahrida joylashgan “Munjal shifer” kompaniyasiga qorovullikka ishga kiritishni va’da qilgan. Ular D.Ochilovni pora bermasa ishga kirolmasligiga ishontirib, kompaniya rahbarlariga pora berishga qiziqtirib, jabrlanuvchidan 2 million so‘m talab qilgan.

Sudlanuvchilar 2018-yilning 19-dekabr kuni jabrlanuvchidan 1,5 million so‘mni yashash uyi yonida olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlangan. Sud T.Komilovga 3 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish, Z.Zoirovga esa 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari va eng kam oylik ish haqining 60 baravari (12 163 800 so‘m) miqdorida jarima jazolarini tayinlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2019, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют