» » Navoiyda qo‘shnisidan 24 mln so‘m olib, bermay ketgan shaxsga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi

Navoiyda qo‘shnisidan 24 mln so‘m olib, bermay ketgan shaxsga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining sayyor sud majlisida qo‘shnisini 24 000 000 so‘mga “tushirgan” shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo”ga jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi raisi Sherzod Mamirov xabar berdi.

Ish holatlariga ko‘ra, sudlanuvchi S. Ochilova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) ilgari bir necha marotaba firibgarlik jinoyati uchun sudlangan bo‘lishiga qaramasdan 2018-yilning mart oyida aldash va ishonchni suiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida u bilan qo‘shni bo‘lib yashagan fuqaro T. Qosimova bilan uchrashib, unga o‘zining tanishlari orqali arzon narxda yangi televizor, muzlatgich va kir yuvish mashinalarini olib berishni va’da qilgan va T. Qosimovaning 15 000 000 so‘m miqdorida pul olgan.

Bundan tashqari, sudlanuvchi 2018-yilning aprel oyida jinoiy harakatlarini davom ettirib, fuqaro T. Qosimovaning ishonchiga kirib, go‘yoki onasi kasal bo‘lib qolganligini ro‘kach qilib, undan dori darmon uchun 9 000 000 so‘m pul olib, ushbu pullarni keyinchalik bank orqali AQSh dollari qilib qaytarib berishni va’da qilgan. Shunday qilib, S. Ochilova T. Qosimovaning jami 24 000 000 so‘m pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zining ehtiyojlariga ishlatgan.

Sud majlisida sudlanuvchi S. Ochilova, aybiga to‘liq iqror bo‘lib, zararni to‘liq qoplab berganligini, oilaviy sharoitini inobatga olib, unga qonun doirasida yordam berishini so‘rab ko‘rsatma bergan.

O‘zbekiston JKning 168-moddasi 5-qismida, yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmasligi belgilangan.

Sud, sudlanuvchi S. Ochilovaga jazo turi va miqdorini belgilashda, uning sodir qilgan jinoyatini ijtimoiy xavfliligini muhokama qilib, uning aybiga iqrorligini va chin ko‘ngildan pushaymonligi, yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilganligi, doimiy ish joyiga ega ekanligini, oilaviy sharoitini, qaramog‘ida bir nafar voyaga yetmagan farzandi borligini inobatga olib, JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topdi va unga JKning 60-moddasi tartibida, jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining hukmiga asosan o‘talmay qolgan 7 oy 26 kun axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan jazoga qisman qo‘shish yo‘li bilan uzil – kesil 2 yil 2 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют