» » Mahalla raisini haqoratlagan fuqaro 2 yilga axloq tuzatish ishlariga jalb qilindi

Mahalla raisini haqoratlagan fuqaro 2 yilga axloq tuzatish ishlariga jalb qilindi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining sayyor sud majlisida “Ipakchi” mahalla fuqarolar yig‘ini raisini haqoratlagan fuqaro Sirojiddin Toshmamatovning jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sudya D.Nuraliyev raisligida o‘tkazilgan sud majlisida jabrlanuvchi, sudlanuvchi va guvohlarning so‘zlari tinglandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Sirojiddin Toshmamatov “Ipakchi” MFY ma’muriy binosiga kelib, umum e’tirof etilgan odob-axloq qoidalariga zid ravishda xatti-harakatlar sodir qilib, “Ipakchi” MFY raisi Zulxumor G‘oibovani uyatli so‘zlar bilan haqoratlagan. Fuqaro bu harakatlarni sodir etayotgan vaqtda mast holatda bo‘lgan.

Sirojiddin Toshmamatov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, har oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolingan holda, 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 11:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют