» » Samarqandda bojxona xodimini haqoratlagan fuqaro 13 million 779 ming 200 so‘m jarimaga tortildi

Samarqandda bojxona xodimini haqoratlagan fuqaro 13 million 779 ming 200 so‘m jarimaga tortildi


Joriy yilning 10-may kuni Samarqand tumani “O‘zbekkent” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan omborlardan biriga fuqaro K.M. nomiga Birlashgan Arab Amirligidan olib kelingan kompyuter ehtiyot qismlari va boshqa tovar-moddiy boyliklari bojxona xodimi, ombor mudiri hamda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda fuqaro K.M bojxona xodimidan tegishli bojxona hujjatlarni rasmiylashtirmasdan turib, davlat budjetiga 12 million 798 ming so‘mlik bojxona to‘lovlari undirilishi lozim bo‘lgan 7 turdagi tovarlarni ombordan olib chiqib ketishni so‘raydi.

“Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayevning ma’lum qilishicha bojxona xodimi fuqaro K.M.ning ushbu noqonuniy taklifini rad etgani uchun K.M. bojxona xodimini har xil nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, uning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlagan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilib, xizmat tekshiruvi o‘tkazildi. Xizmat tekshiruvi xulosasi va to‘plangan hujjatlar, fuqaroning aybini isbotlovchi video tasvirlar ilova qilinib, qonuniy to‘xtamga kelish uchun viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Samarqand viloyat prokuraturasi ushbu holat yuzasidan M.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining hukmiga ko‘ra fuqaro M.K. ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan eng kam oylik ish haqining 80 baravari, ya’ni 13 million 779 ming 200 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Shuningdek, qonunbuzar Birlashgan Arab Amirligidan olib kelingan kompyuter ehtiyot qismlari uchun davlat budjetiga 12 million 798 ming so‘m bojxona to‘lovlarini ham to‘laydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют