» » “Yuksalish” harakati vakillari Pekinda Osiyo mamlakatlari muloqotiga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etmoqda

“Yuksalish” harakati vakillari Pekinda Osiyo mamlakatlari muloqotiga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etmoqda


“Yuksalish” umummilliy harakati vakillari joriy yil 15—22-may kunlari Pekinida bo‘lib o‘tadigan Osiyo mamlakatlari bilan muloqotga bag‘ishlangan birinchi anjumanda ishtirok etmoqda. Bu haqda harakat matbuot xizmati xabar berdi.

Asosiy mavzu — “Osiyo sivilizatsiyasi va kelajagi umumiy hamjamiyat barpo etish”. Ushbu mavzu yuzasidan muhokamalar bir vaqtning o‘zida oltita alohida forumda bo‘lib o‘tadi.

Dastur doirasida turli mamlakatlardan kelgan 30 ming nafarga yaqin mehmon ishtirokida Osiyo madaniyati karnavali, Osiyo sivilizatsiyasi haftaligi hamda gastronomik festival o‘tkaziladi.

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov mazkur xalqaro anjumanning ochilish marosimida tabrik so‘zi hamda Osiyo sivilizatsiyalarining madaniy xilma-xilligi, o‘zaro muloqotni yo‘lga qo‘yishda yoshlarning o‘rni mavzulariga bag‘ishlangan forumda ma’ruza bilan ishtirok etadi.

Shuningdek, tadbirlar doirasida “Yuksalish” umummilliy harakati va Xitoy ijtimoiy fanlar akademiyasining Global strategiya milliy instituti, shuningdek Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti bilan ikki tomonlama hamkorlik memorandumlari imzolanishi rejalashtirilgan.

14-may kuni Pekinda anjuman arafasida Xitoy raisi Si Szinpin va uning rafiqasi Pen Liyuan nomidan qabul tashkil etildi. Unda Xitoy yetakchisi O‘zbekiston delegatsiyasini do‘stona kutib oldi.

Norasmiy tadbir davomida “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Ozarbayjon Fanlar akademiyasi prezidenti Akif Alizoda, Qirg‘iziston Fanlar akademiyasi prezidenti Murat Jumatayev, Tokio universiteti professori Oki Yasushi va boshqalar bilan fikr almashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-05-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют