» » O‘zbekistonda “Yuksalish” umummilliy harakati Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

O‘zbekistonda “Yuksalish” umummilliy harakati Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi


2019-yilning 25-yanvar kuni “Yuksalish” umummilliy harakati O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida nodavlat notijorat tashkiloti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Yuksalish” umummilliy harakatining asosiy maqsadi islohotlar, shu jumladan Davlat dasturlarida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirishga ko‘maklashish, fuqarolar, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va nodavlat notijorat tashkilotlarini ixtiyoriylik asosida birlashtirish hisoblanadi.

Jumladan, xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, NNTlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, fuqarolar, ayniqsa yoshlarni amalga oshirilayotgan islohotlar atrofida birlashtirish, Davlat dasturlarida rejalashtirilgan islohotlarning amalga oshirilishi jarayonini Oliy Majlis palatalari va xalq deputatlari mahalliy kengashlarida muhokama qilishda faol ishtirok etish, rivojlanish masalalari bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish, tahliliy sharhlar va takliflar tayyorlash, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uzviy aloqalarni o‘rnatish kabi qator yo‘nalishlarda faoliyat olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, “Yuksalish” umummilliy harakatining raisi etib bundan avval “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Akmal Burxanov saylangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 116) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют