» » “Boko Haram” yetakchisi garovdagi 5 ming kishi ozod qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi

“Boko Haram” yetakchisi garovdagi 5 ming kishi ozod qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi


Nigeriyadagi “Boko Haram” guruhi yetakchisi shu vaqtgacha garovda saqlab turilgan 5 ming kishi ozod qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda Reuters ma’lum qildi.

17-mart, juma kuni OAVda G‘arbiy Afrika Ittifoqi birlashgan kuchlari “Boko Haram” asirligidagi 5 ming kishini ozod qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

“60 nafar jangchimiz o‘ldirilgani, 20 nafar bola va 5 ming nafar garovdagilar ozod qilingani haqidagi yolg‘onlarni bas qiling”, — deyiladi guruh rahbari Abu Bakr Shekauning Kamerun prezidenti Pol Biyaga qaratilgan murojaatida. 

Shuningdek, Abu Bakr Shekau o‘tgan haftada Nigeriyaning Mayduguri shahrida terrorchi-xudkush o‘zini portlatib yuborgani va Magumeri shahriga hujum uchun javobgarlikni guruh zimmasiga olganini tasdiqladi. 

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют