» » Rasman: “Buxoro” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov iste’foga chiqdi

Rasman: “Buxoro” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov iste’foga chiqdi


Superliganing 8-turidan keyin “Buxoro” bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o‘z arizasiga binoan iste’fo chiqarildi. Bu haqda “Championat.asia” xabar berdi.

O‘zbekiston Superligasi 8-turida “Buxoro” klubi safarda “Surxon”ga mag‘lub bo‘lgandi (0:1). Mazkur mag‘lubiyatdan so‘ng buxoroliklar murabbiyi “Buxoro”ga o‘zgarish foyda keltirishini rahbariyatga ma’lum qilib, iste’fo chiqishi haqida bildirgan.

Shu tariqa mazkur iste’fo Superligada joriy mavsumdagi ikkinchi murabbiy o‘zgarishi bo‘ldi. Bunga qadar “So‘g‘diyona”da murabbiy o‘zgargan va Sergey Lushchan o‘rniga Ulug‘bek Baqoyev tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda “Buxoro” chempionatda 8-turdan keyin 6 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.

Malumot uchun, Ashurmatov qo‘l ostida “Buxoro” o‘tkazilgan 8 uchrashuvda 1 g‘alaba, 3 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют