» » Donald Tramp politsiya xodimlarini o‘ldirgan barcha jinoyatchilarni qatl qilishni taklif etdi

Donald Tramp politsiya xodimlarini o‘ldirgan barcha jinoyatchilarni qatl qilishni taklif etdi


AQSh prezidenti Donald Tramp politsiya xodimlarini o‘ldirgan barcha jinoyatchilarni qatl qilishni taklif etdi. ForumDaily’ning yozishicha, prezident bu haqda xizmat vazifalarini bajarishda halok bo‘lgan politsiya xodimlarini xotirlash marosimida aytib o‘tgan.

Trampning ta’kidlashicha, politsiya xodimlariga hujum qilish holatlari to‘xtashi kerak. Tramp jinoyatchilarni “zudlik bilan” o‘lim jazosiga hukm qilishni taklif qilgan.

“Politsiya ofitserini o‘ldirgan jinoyatchilar sud tomonidan zudlik bilan o‘lim jazosiga hukm qilinishi kerak, sud jarayoni ham tezda o‘tkazilishi lozim”, — deb ta’kidlagan Tramp.

Huquqni muhofaza qilish organlari memorial fondi ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda 2019-yilning 1-yanvaridan 15-mayigacha xizmat vazifalarini bajarayotgan 43 nafar politsiya ofitseri halok bo‘lgan. Bu 2018-yilning xuddi shu davridagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 32 foizga kam.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют