» » Shavkat Mirziyoyev: korxonalar tashkil etilmoqda, endi sifatga etibor berish kerak

Shavkat Mirziyoyev: korxonalar tashkil etilmoqda, endi sifatga etibor berish kerak


Prezident Shavkat Mirziyoyev Qorgontepa tumanidagi Khantex Group masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan paxta-toqimachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Andijon viloyatiga otgan yili may oyidagi tashrif chogida jamiyat tomonidan toqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi taqdim etilgan edi. Bugunga kelib bu rejalar tola amalga oshirildi. Ulkan yigiruv sexi binosi qurilib, Shveysariyaning Riter kompaniyasidan zamonaviy uskunalar keltirib ornatildi. Hududda yashovchi 400 nafarga yaqin aholi doimiy ish joyiga ega boldi.

Bu hali dastlabki ishlar. Keyingi bosqichlarda mato toqish, uni boyash, tayyor kiyim-kechaklar va sochiqlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati qariyb 58 million yevro bolib, korxona toliq quvvat bilan ishlay boshlagach, yiliga 9 ming tonnadan ziyod ip-kalava, qariyb 6 million pogona metr gazlama, 10 million donadan ortiq tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqariladi. 1500 ta ish orni yaratiladi. Eksport hajmini 40 million dollarga yetkazish moljallangan.

Shuningdek, klaster negizida 2 ming tonna yog, 7,5 ming tonna shrot, 5,4 ming tonna sheluxa ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy yog-ekstraksiya zavodi hamda chorva kompleksi tashkil etish boyicha ishlar boshlab yuborilgan. Agrotexnika ishlari uchun John Deere va Case kompaniyalarining 13 turdagi qishloq xojaligi texnikasi keltirilgan.

- Shu paytgacha joylarda turli korxonalarni tashkil etish boyicha ishladik. Endi sifatga etibor berish, daromadini oshirish uchun sharoit yaratish kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda Andijon viloyatida qishloq xojaligini rivojlantirish, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik, pillachilik va tomorqachilik orqali aholi farovonligini oshirishga qaratilgan rejalar, Ozbekistonning Belarusdagi elchixonasi tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar muhokama qilindi.



Manba: Daryo.uz
: admin (16-05-2019, 17:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 5) ( 0) ( 3) ( 2)
:
-
:
20 ... -