» » Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi LT Textile International xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi LT Textile International xorijiy korxonasi faoliyati bilan tanishdi


Prezident o‘tgan yil fevral oyida Qashqadaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida begilab berilgan vazifalarga muvofiq qurilgan LT Textile International xorijiy korxonasining birinchi bosqichi 2017-yil iyul oyida foydalanishga topshirildi. Bu yerga Germaniya va Shveysariyadan zamonaviy va energiyatejamkor to‘qimachilik asbob-uskunalar keltirib o‘rnatildi. 700 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. 60 nafarga yaqin yoshlar Xitoyda kasb mahoratini oshirib qaytgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti xabar bermoqda.

Korxonada paxta tolasi qayta ishlanib, yiliga 22 ming tonna ip-kalava mahsuloti ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. Mahsulotning asosiy qismini eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. O‘tgan davrda 4 ming 600 tonnadan ziyod paxta tolasi qayta ishlanib, 3,5 ming tonnadan ziyod ip-kalava eksport qilindi.

Prezident korxona faoliyati bilan tanishdi, xorijlik investorlar bilan suhbatlashdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni rag‘batlantirish, eksport faoliyatini rivojlantirish, ish o‘rinlarini ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shu yerda Qashqadaryo viloyatida tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirish dasturi taqdim etildi. Xususan, LT Textile International mas’uliyati cheklangan jamiyatini rivojlantirishning II va III bosqichlari doirasida amalga oshiriladigan ishlar loyihasi haqida ma’lumot berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 08:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют