» » Toshkentdagi xalqaro forumda Alisher Usmonov va Fattoh Shodiyev qatnashadi

Toshkentdagi xalqaro forumda Alisher Usmonov va Fattoh Shodiyev qatnashadi


19-may kuni Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilarining V xalqaro forumi – davlat arboblari, yirik tadbirkorlar, ko‘p tomonlama institut rahbarlari, nufuzli jurnalistlarning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri A.Komilov, USM Holdings asoschisi, MDXMIning Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari A.Usmonov, Rossiya madaniyat vaziri V.Medinskiy, Rossiya Federatsiyasi Kengashi raisi o‘rinbosari I.Umaxanov ishtirok etadi. Tadbirni MDXMIning Kuzatuv kengashi a’zosi, “TASS” bosh direktorining o‘rinbosari M.Gusman olib boradi.

Siyosat, xavfsizlik, iqtisod va madaniyat sohasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri D.Sogtbaatar, Kambodja Ta’lim vaziri N.Xan Chuon, Rossiya fan va ta’lim sohasini nazorat qilish federal xizmati rahbari S.Kravsov, MDXMning Vasiylik kengashi a’zosi F.Shodiyevlar so‘zga chiqadi. Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar qatoriga Slovakiya Tashqi ishlar vaziri M.Laychak qo‘shiladi. Barcha so‘zga chiquvchi nufuzli mehmonlar Moskva xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilari hisoblanadi.

Forumning asosiy dasturi davlat idoralari va kompaniyalar rahbarlarining biznes uchrashuvlaridan iborat. Uchrashuv davomida ta’lim, madaniyat va investitsiya sohasida ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilinadi.

MDXMI, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda O‘zbekiston va Rossiyaning boshqa oliy o‘quv yurtlari mutaxassislari ishtirok etadigan tadbirda Markaziy Osiyodagi ko‘p tomonlama hamkorlik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ekspertlararo munozara bo‘lib o‘tadi.

Forumda, shuningdek, universitetni rivojlantirishning yangi strategiyasi muhokama qilinadi. Forumda Toshkent MXMI filiali ochilishi haqidagi dastur taqdimoti ham o‘rin olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют