» » O‘zbekistonda Renault avtomobillari paydo bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonda Renault avtomobillari paydo bo‘lishi mumkin


O‘zbekistonda Renault avtomobillari paydo bo‘lishi mumkin, deb yozadi Spot.

Respublikaga avtomobil yetkazib berish istagi haqida 15-may kuni bo‘lib o‘tgan o‘zbek-fransuz biznes-forumi davomida Renault Group’ning MDHga eksport qilish bo‘yicha boshqaruvchi direktori Maksimilian Missan ma’lum qildi:

“Biz bu yerda salohiyat borligini bilamiz, (O‘zbekiston) bozorini tahlil qildik. Bilamizki, (iste’molchilarning) ma’lum kutilmalari bor”, — dedi Spot’ga bergan intervyusida kompaniya vakili.

Missanning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya mamlakat bozoriga Lada (Renault guruhining bir qismi) avtomobillarini yetkazib berish bilan mamlakat bozoriga chiqishni boshladi.

“Endi biz Renault’ni taqdim etmoqchimiz va o‘zbek iste’molchilariga xuddi shunday mahsulot va xizmat ko‘rsatish sifatini taklif qilish istagidamiz”, — deydi Maksimilian Missan.

Buning uchun kompaniya vakili soliqqa tortish va sertifikatlashtirish bo‘yicha yordamga muhtoj ekanliklarini qayd etdi.

Maksimilian Missan ta’kidlashicha, kompaniya “o‘zbekistonlik hamkasblari bilan Nissan platformasida hamkorlik qilish” imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Renault Group (Renault, Dacia, Alpine, Renault Samsung Motors, Lada brendlari) 1898-yilda tashkil etilgan Fransiya avtomobil kompaniyasi bo‘lib, 134 mamlakatda faoliyat olib boradi, 39 ta zavodga ega. 2018-yil yakunlariga ko‘ra kompaniya 3,9 million avtomobil sotdi, daromad esa 57 milliard yevrodan oshdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют