» » Toshkent hokimligi tadbirkorlardan xonadonlar sotib olishini ma’lum qildi

Toshkent hokimligi tadbirkorlardan xonadonlar sotib olishini ma’lum qildi


Toshkent shahar hokimligi uy-joy qurilishi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlardan xonadonlarni sotib oladi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu tadbir uyi buzilishga tushgan xonadon egalariga kompensatsiya sifatida taqdim etiladigan uy-joylarning joyi, ta’miri hamda boshqa xususiyatlari bo‘yicha tanlov imkoniyatini taqdim etish va buzilishlar natijasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar va e’tirozlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Uy-joy qurilishi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

uy-joylar to‘liq ta’mirdan chiqqan va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chib kirib yashash imkoniyatiga ega bo‘lishi;

taklif etilayotgan salohiyatli uylar soni 10 ta xonadondan kam bo‘lmasligi;

kvadrat metri 6 million so‘mdan ko‘p bo‘lmasligi;

uy manzili, yuridik shaxs haqida to‘liq ma’lumotlar, katalog(broshyura), uy-joylar ko‘rinishi aks etgan videomateriallar taqdim etilishi kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют