» » Kann kinofestivali g‘oliblari O‘zbekiston milliy paviloni bilan tanishdi

Kann kinofestivali g‘oliblari O‘zbekiston milliy paviloni bilan tanishdi


Marche du Film kinobozorida tashkil qilingan milliy pavilonga 71-xalqaro Kann kinofestivali g‘oliblari, “Ayka” filmi ijodkorlari — rejissyor, ssenariy muallifi Sergey Dvorsevoy va bosh rolni ijro etgan hamda 2018-yilda “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi sovrindori bo‘lgan Samal Yeslyamova tashrif buyurdi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi mehmonlarni mamlakat kinolokatsiyalari bilan tanishtirdi. Kelajakda qo‘shma loyihalar qilish hamda 2019-yil 26—30-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan 5-xalqaro PROlogue kinofestivalida qatnashishga taklif qildi.

“Garchi yaqin qo‘shnilar bo‘lsak ham, afsuski, hali O‘zbekistonda bo‘lmaganman. Lekin Buxoro va Samarqand haqida ko‘p eshitganman. Menga bunday ko‘p asrli tarixga ega mamlakatlar juda yoqadi. Milliy pavilondagi taqdimotlar va kataloglardagi fotosuratlarni ko‘rib, O‘zbekiston naqadar jozibali va chiroyli go‘shalarga boy ekaniga ishonch hosil qildim. Albatta, kinofestivalda qatnashishdan ham xursand bo‘laman”, — dedi Samal Yeslyamova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют