» » O‘zbekiston Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari o‘rtasida kurash chempionati o‘tkazildi (foto)

O‘zbekiston Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari o‘rtasida kurash chempionati o‘tkazildi (foto)


13—15-may kunlari Mudofaa vazirligi sport klubida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalarining harbiy xizmatchilari o‘rtasida kurash bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Mazkur chempionatda Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari yettita — -60 kg, -66 kg, -73 kg, -81 kg, -90 kg, -100 kg hamda 100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida o‘zaro kuch sinashdi.

Murosasiz kechgan kurashlar hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Mudofaa vazirligi harbiy sportchilariga -60 kg hamda -90 kg vazn toifasida bas keladigan raqib topilmadi. Rahmon Jumayev hamda Davlat Bobonov o‘z vazn toifasida birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Umumjamoa hisobida esa, birinchilik Ichki ishlar vazirligi jamoasiga nasib etdi. Mudofaa vazirligi jamoasi — 2-o‘rin. Shohsupaning uchinchi pog‘onasidan Davlat xavfsizlik xizmati terma jamoasi o‘rin oldi.

Musobaqa g‘oliblari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют